Tokioda Yaponiya kompaniyasi bilan investitsiya va texnologik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Noyabr 04, 2026. 09:25 • 2 daq

• 13
Tokioda Yaponiya kompaniyasi bilan investitsiya va texnologik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

TOKIO, 4-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Yaponiyaning “Interactive Corporation” kompaniyasi prezidenti Takexiko Izuka bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida xorijiy tomonga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning iqtisodiy salohiyati, investitsiyaviy imkoniyatlari hamda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda Yaponiyaning ilg‘or texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb etish, sanoat korxonalarida zamonaviy uskunalarni joriy qilish, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sanoat oqova suvlarini qayta ishlash va chiqindilarni utilizatsiya qilish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar texnologiyalar transferi va mahalliy mutaxassislarni tayyorlash sohasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Bu mamlakatning texnologik salohiyatini rivojlantirishga va yaponiyalik hamkorlar bilan aloqalarni yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.

1993-yilda tashkil etilgan "Interactive Corporation" kompaniyasi Yaponiyada ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali sanoat va tahlil uskunalarini yetkazib berish, texnologiyalar transferi hamda sanoat korxonalari uchun kompleks texnologik yechimlarni joriy etishga ixtisoslashgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish