Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Xorvatiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Yanvar 17, 2026. 13:58 • 32 soniya
• 139
ZAGREB, 18-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Xorvatiya huquq-tartibot idoralari hamda Interpol milliy markaziy byurosining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga muvaffaqiyatli ekstraditsiya qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maʼlumotlarga ko‘ra, qidiruvdagi shaxs Xorvatiya hududida qo‘lga olingan va Zagrebdan O‘zbekistonga tegishli tartibda ekstraditsiya qilingan. Ayblanuvchini qo‘lga olish ishlari Interpolning Zagrebdagi Milliy markaziy byurosi hamda mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilgan.
O‘tkazilgan tadbir xalqaro politsiya hamkorligi mexanizmlarining samaradorligini, shuningdek, tomonlarning sodir etilgan jinoyatlar uchun, ular qayerda bo‘lishidan qatʼiy nazar, javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga sodiqligini yaqqol tasdiqlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi