O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarni Eronda xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi
Yanvar 14, 2026. 14:10 • 34 soniya
• 148
TOSHKENT, 14-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Erondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va vakolatli organlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV matbuot kotibi Ahror Burhonovning telegram-kanalida yozishicha, O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ayni paytda mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan namoyishlar chog‘ida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmaganini maʼlum qilgan.
Shu munosabat bilan, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikni, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroq bo‘lishni hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya etishni so‘rab qolamiz.
Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining Tehron shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
+982122299780
+982122832025
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi