Logo

Belgiyaning yangi elchisi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tdi

Yanvar 12, 2026. 16:48 • 44 soniya

125
Belgiyaning yangi elchisi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tdi

TOSHKENT, 12-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Belgiyaning yangi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Erik de Mayerni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi Erik de Mayerning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, - deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. - Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning barcha yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo, investitsiya va ishbilarmonlik hamkorligini yana-da rivojlantirishga ko‘maklashish, amaliy iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Belgiya diplomatik munosabatlarni 1992 yil 16 martda o‘rnatgan.

Belgiyaning yangi elchisi 59 yoshda. Tajribali diplomat, 1993-yildan buyon ham xalqaro tashkilotlarda, ham Tashqi ishlar vazirligi va Belgiyaning xorijdagi vakolatxonalarida masʼul lavozimlarda ishlagan.

Erik de Mayer 2024-yilda Belgiyaning Toshkentdagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Anri Vantigem o‘rnini egalladi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish