Yaponiyaning Nara shahrida o‘zbek hunarmandchilik buyumlari va quruq mevalari namoyish etildi

Oktabr 29, 2026. 09:00 • 2 daq

• 60

NARA, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning Nara shahrida Samarqand bilan qardoshlik aloqalarini rivojlantirish doirasida O‘zbekiston milliy mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir “Crossway Nakamachi” savdo-ko‘ngilochar majmuasida tashkil etildi. Unda mahalliy hunarmandlarning buyumlari, ipak mahsulotlari, kashtachilik namunalari, sharflar, sumkalar, shuningdek, quruq mevalar keng jamoatchilikka taqdim etildi.

Tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning boy madaniy merosi va milliy mahsulotlar rang-barangligi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan o‘zbek tovarlarini Yaponiya bozorida ilgari surish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mamlakatimiz tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, investitsiyaviy salohiyati va turistik imkoniyatlariga bag‘ishlangan alohida taqdimot o‘tkazildi. Bundan tashqari, qator yaponiyalik kompaniyalar vakillari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Samarqand va Nara shaharlari o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari 2022-yil 18-oktabrda rasman o‘rnatilgan. Shundan beri tomonlar madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlikni izchil rivojlantirib kelmoqdalar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish