Logo

“Vecherniy Bishkek”: Toshkentdagi oliy darajadagi Termiz muloqotiga butun dunyodan yetakchi ekspertlar to‘planmoqda

Iyun 05, 2026. 12:55 • 2 daq

12
“Vecherniy Bishkek”: Toshkentdagi oliy darajadagi Termiz muloqotiga butun dunyodan yetakchi ekspertlar to‘planmoqda

BISHKЕK, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning ommabop “Vecherniy Bishkek” nashrida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda yozilishicha, ushbu nufuzli forumda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari, Yevropa, MDH, Yaqin Sharq va Amerikadan 150 dan ortiq siyosiy, ishbilarmon va ekspert doiralari, yetakchi tahlil markazlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. 

Anjuman dasturidan yuqori darajadagi plenar majlis, iqlim o‘zgarishiga moslashish, ekologik barqarorlik va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirishga bag‘ishlangan maxsus sessiyalar o‘rin olgan. Shuningdek, ekspertlar mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘oniston bilan hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika zanjirlarini rivojlantirish va Markaziy Osiyoning mintaqaviy o‘zlik masalalarini atroflicha muhokama qiladi.

“Qirg‘iziston ushbu forumning faol ishtirokchisi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Dialogda qatnashish respublikaga Yevroosiyo mintaqasidagi pozitsiyalarini mustahkamlash va Janubiy Osiyo davlatlari bilan sheriklikni kengaytirish imkonini beradi”, – deya xulosa qilingan nashrda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish