O‘zbekiston va Polsha Ombudsmanlari hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Iyun 05, 2026. 12:25 • 2 daq

16

VARSHAVA, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Polshada bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Varshava universitetida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT DIIHB) bilan hamkorlikda “Inson huquqlari, so‘z erkinligi va gender tengligi: milliy islohotlar, xalqaro standartlar va hamkorlik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda YEXHT DIIHB vakillari, Polsha davlat idoralari mutasaddilari, inson huquqlarini himoya qilish institutlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ilmiy doiralar va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida inson huquqlarini ta’minlash, so‘z erkinligi, gender tengligi hamda mazkur sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Safar mobaynida YEXHT DIIHB rahbariyati, Polsha Konstitutsiyaviy sudi, Polsha Ombudsmani ofisi hamda Seym vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar inson huquqlarini himoya qilish, parlament nazoratini takomillashtirish, ombudsman institutlari o‘rtasida tajriba almashish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari Polshada bo‘lib turgan vatandoshlarimizning yashash va mehnat sharoitlari bilan tanishdi. Xususan, jazoni ijro etish muassasasi, chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazi hamda vatandoshlarimiz istiqomat qilayotgan turar joylarga tashrif buyurildi. Hamyurtlar bilan muloqot davomida ularning murojaatlari tinglandi, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha inson huquqlarini himoya qilish sohasida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish