O‘zbekiston harbiylari Pokistonda bo‘lib o‘tgan 9- Xalqaro armiya o‘yinlarida birinchi o‘rinni egalladi
Fevral 11, 2026. 16:14 • 41 soniya
• 86
XARIAN, 11-fevral. /“Dunyo” AA/. Pokistonning Xarian shahrida «Jamoaviy ruh» («Team Spirit») 9-Xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Musobaqada 19 ta xorijiy davlat Mudofaa vazirliklari jamoalari qatnashdi. Shuningdek, 3 ta davlatdan kuzatuvchilar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi musobaqada birinchi o‘rinni egallab, oltin medallarini qo‘lga kiritdi. 2-o‘ringa Malayziya, 3-o‘ringa esa AQSh jamoalari munosib topildi.
Qayd etish joizki, ushbu musobaqada O‘zbekiston jamoasi oltinchi bor g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda.
Musobaqalar jangovar jarayonlarga yaqin bo‘lgan mashaqqatli vazifalar, mahorat va maxsus ko‘nikmalarni talab qiluvchi topshiriqlardan tashkil topganiga qaramasdan, harbiylarimiz barcha topshiriqlarni mukammal bajarib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Pokiston Mudofaa kuchlari Bosh qo‘mondoni – Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir O‘zbekiston jamoasiga musobaqa bosh sovrini va mukofotlarni topshirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
