Logo

O‘monda O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etildi

Fevral 11, 2026. 15:57 • 38 soniya

97
O‘monda O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etildi
O‘monda O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etildi
O‘monda O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etildi
O‘monda O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etildi

MASKAT, 11-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘mon poytaxtida “Ghars International Private School” xususiy maktabi bilan hamkorlikda yurtimizning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini ommalashtirishga bag‘ishlangan xalqaro madaniyat kuni o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘mon Taʼlim vazirligi vakillari, maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Mehmonlar milliy liboslar, xalq hunarmandchiligi buyumlari va milliy taomlar bilan tanishtirildi, bu esa O‘zbekistonning madaniy xilma-xilligini yaqqol ko‘rsatish imkonini berdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga o‘zbek tilida tayyorlangan sayyohlik qo‘llanmalari va xaritalar taqdim qilindi. Ayniqsa, elchixonamiz tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston “turizm burchagi” mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tashkilotchilar bunday tadbirlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy almashinuvni mustahkamlashga hissa qo‘shishini, shuningdek, xorijiy tomoshabinlar orasida O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlariga qiziqishni oshirishini taʼkidladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish