Logo

O‘zbekiston va Vengriya o‘zaro sayyohlik almashinuvni yanada kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda

Fevral 11, 2026. 16:16 • 47 soniya

6
O‘zbekiston va Vengriya o‘zaro sayyohlik almashinuvni yanada kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda

BUDAPESHT, 11-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Milliy iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Vengriya sayyohlik agentligi bosh direktori Katalin Firtl bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari va istiqbollarini muhokama qildi.

Ikki mamlakat sayyohlik tashkilotlari va kompaniyalari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini kengaytirish, tarmoq darajasida amaliy hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘z navbatida, vengriyalik hamkorlar sayyohlik almashinuvini ko‘paytirish, O‘zbekiston va Vengriyaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, turizm sohasi vakillari o‘rtasida professional aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Uchrashuv doirasida konstruktiv muloqotni davom ettirish va qo‘shma tadbirlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, tomonlar ikki mamlakat turizm biznesi subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorligini bildirildi.

Muzokaralar yakunida turizm sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida muntazam aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va maslahat uchrashuvlarini davom ettirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish