Istanbulda vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Iyun 05, 2026. 14:55 • 2 daq

47
Istanbulda vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

ISTANBUL, 5 iyun. /“Dunyo” AA/. Istanbul shahrining Pendik tumanida Bosh konsulxonamiz diplomatlari tomonidan vatandoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda hamyurtlarimizni qiynayotgan konsullik-huquqiy, migratsiya, ijtimoiy va boshqa muhim masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ayrim muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, sayyor qabul doirasida Pendik tuman Fuqarolik holatlarini qayd etish boshqarmasi rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Muloqotda O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan tug‘ilish, vafot etish, nikoh va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq amaliy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini yanada qulaylashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni tezkor bartaraf etish, idoralararo axborot almashinuvini kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli taklif va tashabbuslar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Yakunda diplomatlar va vatandoshlar o‘rtasidagi bunday ochiq muloqotlarni muntazam davom ettirish hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tezkorlik bilan hal etishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish