Logo

O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalari tashqi ishlar vazirlari telefon orqali suhbatlashdi

Dekabr 30, 2025. 15:37 • 32 soniya

50
O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalari tashqi ishlar vazirlari telefon orqali suhbatlashdi

TOSHKENT, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev janoblari bilan mazmunli telefon suhbatini o‘tkazdik, ­– deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Ikki tomonlama munosabatlarimizning joriy holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildik, o‘zaro manfaatli mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashib, yaqin hamkorlik va muloqotning muhimligini taʼkidladik.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishlarimizni tasdiqladik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish