O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Dekabr 30, 2025. 14:58 • 43 soniya
• 41
TOSHKENT, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Prezidentimiz matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentining Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilishga urinishni qatʼiy qoraladi.
Bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, shu jumladan uzoq muddatli tinchlikka erishishga qaratilgan saʼy-harakatlarga tahdid solishi taʼkidlandi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Suhbat yakunida yetakchilar kirib kelayotgan yangi – 2026-yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va farovonlik, ikki mamlakatning birodar xalqlariga esa tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi