O‘zbekiston Jahon chempionati oldidan Kanada va Niderlandiya bilan o‘ynaydi

Iyun 01, 2026. 11:55 • 2 daq

128

EDMONTON, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kanadaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan Edmonton shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kanadadagi nufuzli “Yahoo News” elektron portalida yozilishicha, Edmontondagi “Commonwealth Stadium” stadionida o‘tkaziladigan ushbu o‘rtoqlik bahsi Kanada milliy terma jamoasining 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga, ushbu uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham futbolchilarning jismoniy va funksional holatini baholash imkonini beradi.

O‘zbekiston milliy jamoasini Edmontonda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va mahalliy o‘zbek jamoatchiligi tantanali ravishda qarshi oldi. Futbolchilar jurnalist va muxlislar bilan muloqot davomida uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni, Jahon chempionatidagi maqsad va rejalari haqida fikr bildirishdi.

Xususan, terma jamoa aʼzosi Abbosbek Fayzullayev Kanada va Niderlandiya terma jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari haqida so‘z yuritdi. U milliy jamoaning Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni va oldiga qo‘yilgan vazifalar xususida ham to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, muxlislarning mehr-eʼtibori va qo‘llab-quvvatlashi futbolchilar uchun katta ruhiy kuch va qo‘shimcha motivatsiya bo‘layotganini taʼkidladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-iyun kuni Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Shuningdek, vakillarimiz 8-iyun kuni Nyu-York shahridagi “Icahn Stadium” stadionida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionati oldidan so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish