O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Saudiya Arabistoni elchisi mehnat migratsiyasi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

Iyul 22, 2026. 20:45 • 2 daq

13Reklama
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Saudiya Arabistoni elchisi mehnat migratsiyasi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 22-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Saudiya Arabistoni elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, konsullik-huquqiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar raqamli yechimlarni joriy etish, konsullik xizmatlari samaradorligini oshirish va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki davlat ham manfaatdor ekanini taʼkidladilar.

Shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga xizmat qiladigan qator tashabbuslar muhokama qilinib, ularni vakolatli idoralar ishtirokida amaliy jihatdan ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish