Logo

Fransiyaning nufuzli tashkiloti bilan geologiya sohasida kelishuvga erishildi

Dekabr 27, 2025. 17:20 • 2 daq

1138
Fransiyaning nufuzli tashkiloti bilan geologiya sohasida kelishuvga erishildi

TOSHKENT, 27-dekabr. /“Dunyo” AA/. Fransiyaning nufuzli davlat ilmiy muassasalaridan biri hisoblangan BRGM (Bureau de Recherches Géologiques et Minières) delegatsiyasi Geologiya fanlari universitetiga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Geologiya fanlari universiteti hamda BRGM davlat muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari, geologiya, geokartografiya hamda kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Fransiya elchisi Ualid Fuk, BRGMning Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Frezo Olive, xarita tuzuvchi geolog Tomas Fullgraf geologiya sohasidagi islohotlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif doirasida qator ilmiy-amaliy seminar va muhokamalar tashkil etildi. Xususan, “Mineral resurslar geologiyasi, sanoati va qidiruv asoslari”, “Geologiya qidiruv ishlarida texnik va iqtisodiy jihatlar” mavzularida seminar o‘tkazildi.

Ishtirokchilar foydali qazilmalarni qazib olish, qayta ishlash, konni yopish va yopilishdan keyingi boshqaruv masalalari bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish