Logo

O‘zbekiston delegatsiyasi Jidda shahrida vatandoshlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Dekabr 27, 2025. 20:35 • 2 daq

1025
O‘zbekiston delegatsiyasi Jidda shahrida vatandoshlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi

TOSHKENT, 27-dekabr. /“Dunyo” AA/. 25 dekabr kuni Jidda shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Makka va Madina shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan fuqarolar, Saudiya Arabistonidagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va yosh olimlar, shuningdek, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

Muloqot avvalida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining

33 yilligi va yaqinlashib kelayotgan 2026-yil munosabati tabriklar bildirildi.

Vatandoshlarga mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichiga kirgani, amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda ustuvor umumdavlat dasturlari haqida maʼlumotlar berildi. Diniy-maʼrifiy sohalardagi islohotlar, milliy qadriyatlarni asrash va muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish ishlari alohida qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari filiallari ochilayotgani va yoshlar uchun keng taʼlim imkoniyatlari yaratilayotgani taʼkidlandi.

Davra suhbatida vatandoshlarga Saudiya Arabistonida yashash va faoliyat yuritish qonun-qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi hamda ochiq savol-javob o‘tkazildi.

Ishtirokchilar amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekistonning xalqaro nufuzi ortib borayotganini eʼtirof etdi.

Shuningdek, Turkiyaning “AGCC” kompaniyasi tomonidan Rabig‘ ishlab chiqarish mintaqasida faoliyat yuritayotgan 35 nafar ishchi migrant vatandoshlarning holidan xabar olinib, ularning murojaatlari o‘rganildi va tegishli tushuntirishlar berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish