O‘zbekiston va O'mon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
Mart 16, 2026. 20:20 • 2 daq
• 135
TOSHKENT, 16-mart. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun O'mon tashqi ishlar vaziri Said Badr bin Hamad Al-Busaidiy bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Said Badr bin Hamad Al-Busaidiy bilan telefon orqali mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlarni savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda yana-da kengaytirish yo‘llarini muhokama qildik.
Bo‘lajak tadbirlar kun tartibini ko‘rib chiqdik hamda mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratdik.
Muzokaralar davomida mintaqaviy va xalqaro masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha ham fikr almashdik”.
“Dunyo” AA arxividan olingan surat.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi