O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Bosh vaziri nomidan uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi
Dekabr 19, 2025. 18:30 • 35 soniya
• 91
TOSHKENT, 19-dekabr. /“Dunyo” AA/. Tokioga tashrifning birinchi kuni yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Akasaka saroyida Yaponiya Bosh vaziri nomidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sharafiga o‘tkazilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisini Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi kutib oldi.
Tadbirda Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
Davlatimiz rahbarining Yaponiya hukumati rahbari bilan muzokaralari hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammiti doirasidagi asosiy tadbirlari 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi