O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi
Dekabr 18, 2025. 18:26 • 30 soniya
• 80
TOSHKENT, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Xaneda” xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 19-20 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanae Takaichi va boshqa rasmiylar, ishbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi