O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Bokuga keldi

Oktabr 14, 2026. 20:15 • 46 soniya

• 137
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Bokuga keldi

TOSHKЕNT, 14-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston Prezidentini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

15-oktabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish