O‘zbekiston Prezidenti “Incheon International Airport Corporation” kompaniyasi rahbarini qabul qildi
Sentabr 15, 2026. 17:40 • 1 daq
• 70
TOSHKENT, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga tashrif doirasida bugun “Incheon International Airport Corporation” prezidenti vazifasini bajaruvchi Kim Bom Xo bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
“Incheon International Airport Corporation” kompaniyasining Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochish rejalari qo‘llab-quvvatlandi. Uning negizida aeroportlarni boshqarish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha kompetensiyalar markazini tashkil etish taklifi bildirildi.
Koreya tomoni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishni davom ettirish, aeroportlarni boshqarish sohasida ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston bilan uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga tayyorligini taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi