Logo

O‘zbekiston Prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

Dekabr 22, 2025. 17:54 • 2 daq

935
O‘zbekiston Prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

TOSHKENT, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Sankt-Peterburgdagi “Ermitaj” davlat muzeyida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdilar.

Uchrashuvda joriy yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish, transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro investitsiyalar o‘sishini rag‘batlantirish va kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, energetika va raqamlashtirishda sheriklikni mustahkamlash, fan, taʼlim, madaniyat va sanʼat sohalarida qo‘shma loyihalarni kengaytirish, shuningdek, hududlar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, xususan, yoshlarning ijodiy, innovatsion va intellektual salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.

 

 

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish