O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
Dekabr 18, 2025. 18:50 • 28 soniya
• 215
TOSHKENT, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. Rasmiy tashrif bilan bugun Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizg‘in kutib oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi ular bilan suhbatlashdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtdoshlarimizning orzu-umidlari, maqsad va rejalari haqida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz vatandoshlarimizga ishi va o‘qishida muvaffaqiyatlar tilab, ular kunchiqar yurtda orttirgan bilim va tajribalar Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi