O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar
Sentabr 01, 2026. 00:05 • 2 daq
• 61
TOSHKENT, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. Bishkek shahriga amaliy tashrif doirasida bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 12 foizga oshdi.
Sanoat, energetika, metallurgiya, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.
O‘zaro savdoning ijobiy dinamikasini saqlab qolish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, hududlararo aloqalarni faol davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni kelgusida ham kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Yetakchilar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlardagi bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi