“Oman Observer”: O‘zbekiston istiqlol shodiyonasini nishonlab, kelgusi o‘n yillik uchun ustuvor vazifalarni belgilab oldi

Sentabr 01, 2026. 11:00 • 2 daq

10
“Oman Observer”: O‘zbekiston istiqlol shodiyonasini nishonlab, kelgusi o‘n yillik uchun ustuvor vazifalarni belgilab oldi

MASKAT, 1-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Ummonning “Oman Observer” nashrida “O‘zbekiston Mustaqillik kunini nishonladi va kelgusi o‘n yillik uchun milliy rejani eʼlon qildi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirlar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi yoritilgan. Unda mamlakatni kelgusi o‘n yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab berilgan.

Maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional islohotlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, davlat xizmatlari sifatini va aholi farovonligini yana-da oshirishga yo‘naltirilgan taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘zgarishlar qayd etilgan.

Muallif kelgusi davrda mamlakat oldiga qo‘yilgan qator ustuvor vazifalarni alohida taʼkidlagan. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shaharlarda yashil hududlarni kengaytirish, sud tizimi mustaqilligini mustahkamlash, uyushgan jinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, mahalla institutlari vakolatlarini kengaytirish shular jumlasidandir.

Material so‘nggida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali bayram tadbiri haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Tantanali dastur doirasida tarixiy va zamonaviy teatrlashtirilgan tomoshalar, robototexnika va uch o‘lchamli texnologiyalar sohasidagi yutuqlar namoyishi hamda xorijiy sanʼatkorlar ishtirokida konsert tashkil etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish