O‘zbek sahnasida qadimiy yapon sanʼati namoyish qilindi
Mart 02, 2026. 15:47 • 2 daq
• 263TOSHKENT, 2-mart. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Yaponiya anʼanaviy sanʼati – Kagura marosim konserti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Yaponiyaning Kitaxiroshima shahri hokimiyati hamkorligida tashkil etildi.
Kagura – yapon xalqining qadimiy, turli diniy marosimlarda o‘tkaziladigan sanʼat turi bo‘lib, u ramziy obrazlar, afsonaviy qahramonlar va milliy timsollarni raqs va musiqa orqali namoyish etadi.
Konsertda ishtirokchilar rang-barang niqoblar, urf-odatlarga xos liboslar va jonli musiqa ohanglaridan bahramand bo‘ldi. Spektaklda tarixiy va afsonaviy hikoyalar turli obraz va voqea-hodisalar orqali ochib berildi. Hikoyalar orqali yapon xalqining qadimiy urf-odatlar va tabiatga nisbatan munosabati namoyish qilindi.
Tadbirda Kitohiroshima shahar hokimi Xiroshi Mino fikr bildirib, ushbu konsertning Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy va do‘stlik aloqalarini yana-da mustahkamlashdagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi




