Bokuda Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi
Fevral 24, 2026. 11:21 • 41 soniya
• 141
BOKU, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchixonasida muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etilib, iftorlik dasturxoni yozildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda Boku shahrida doimiy va vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etdi.
Diplomatlar yurtdoshlarimizni muborak Ramazon oyi bilan samimiy qutlab, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.
Uchrashuvda Ramazon oyining fazilati va inson maʼnaviy tarbiyasidagi o‘rni, xorijda eʼtiqodda adashmaslik, savob ishlarni ko‘proq qilish borasida so‘z yuritildi.
Ushbu muqaddas oyda ezgu amallarni bajarish kerakligi, ehsonni avvalo yaqinlardan boshlash lozimligi, nafsni tiyish, yuksak axloq namoyon etish, millat shaʼnini asrash, turli jinoiy va axloqsiz guruhlar taʼsiriga tushib qolmaslik haqida to‘xtalib o‘tildi.
Hamyurtlar uchun iftorlik dasturxoni yozilib, milliy taomlar tortildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
