O‘zbekiston elchisi hamyurtimiz Xayrullo Ibodullayevga “Jasorat” medalini topshirdi
Fevral 26, 2026. 19:22 • 37 soniya
• 127
SANKT-PETERBURG, 26-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasida hamyurtimiz Xayrullo Ibodullayevga “Jasorat” medalini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona xodimlari, vatandoshlar va Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Mukofotni topshirish chog‘ida elchi Botirjon Asadov O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan favqulodda va murakkab vaziyatda ko‘rsatgan jasorati, ko‘p qavatli uyning yuqori qavatidan tushib ketgan yosh bolani qutqarishdagi jasorati va fidoyiligi uchun Xayrullo Ibodullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlanganini taʼkidladi.
Elchi “Jasorat” medali qahramonlik uchun berilishini, fuqarolarni mardlik va qahramonlikka undash, ularni ezgu ishlarga, jamiyatga xizmat qilishga ruhlantirishda alohida ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
