Logo

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talabaning viza va taʼlim bilan bog‘liq muammosi ijobiy hal etildi

Fevral 23, 2026. 11:33 • 46 soniya

79
Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talabaning viza va taʼlim bilan bog‘liq muammosi ijobiy hal etildi

SEUL, 23-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi diplomatlari Kyongido provinsiyasidagi Seojeong universiteti rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Universitet vitse-prezidenti Baye Sang Vi va masʼul rahbarlar bilan kechgan muloqotda taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida ushbu oliygohda tahsil olayotgan, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgani sababidan o‘qishdan chetlatilish va viza muddatini uzaytira olmaslik xavfi ostida qolgan o‘zbekistonlik talaba qizning muammosi ko‘rib chiqildi.

Elchixona vakillari tomonidan talabaning ijtimoiy va sog‘liq holati atroflicha o‘rganilib, universitet maʼmuriyati bilan vizani uzaytirish hamda o‘qishni davom ettirish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Natijada, talabaning Janubiy Koreya hududida noqonuniy maqomga tushib qolishining oldi olindi va uning taʼlimni muvaffaqiyatli yakunlashi uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.

Muloqot yakunida tomonlar talabalar bilan ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va muntazam aloqada bo‘lishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish