Minskda o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Iyun 15, 2026. 16:00 • 2 daq
• 84MINSK, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimiz elchixonasi hamda Migratsiya agentligi vakillari Minskda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Belarusdagi tibbiyot, informatika va radioelektronika hamda texnologiya universitetlarida tahsil olayotgan hamyurtlarimiz bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda Prezidentimiz rahbarligida “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida talaba yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, xususan, ularning giyohvandlik vositalari savdosi kabi noqonuniy xatti-harakatlarga aralashib qolmasliklari, turli terrorchilik, diniy-ekstremistik va destruktiv oqimlar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Migratsiya agentligi vakili xorijdagi vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida yaratilgan tizim va mavjud imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



