28–29-iyul kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston transport vazirlari “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘li qurilayotgan obyektlariga tashrif buyuradi

Iyul 28, 2026. 10:30 • 59 soniya

204
28–29-iyul kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston transport vazirlari “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘li qurilayotgan obyektlariga tashrif buyuradi

BISHKEK, 28-iyul. /“Dunyo” AA/. 28–29-iyul kunlari O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Talantbek Soltoboyev Qirg‘iziston hududida qurilayotgan “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘lining asosiy obyektlariga tashrif buyurib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qirg‘izistonning “Kabar” milliy axborot agentligi yozishicha, tashrif doirasida tomonlar Qirg‘iziston hududida tunnellar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish masalalarini ko‘rib chiqib, ishlarni bajarish surʼatlari va kelgusidagi vazifalarni muhokama qiladi.

Shuningdek, vazirlar qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan fikr almashadi.

Agentlik taʼkidlashicha, “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘l loyihasi strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uch davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, tranzit imkoniyatlarni kengaytirish va yangi xalqaro transport yo‘lagini yaratishga qaratilgandir.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish