Toshkent–Lyublyana hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish masalasi ko‘rib chiqildi

Iyul 25, 2026. 14:00 • 55 soniya

78
Toshkent–Lyublyana hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish masalasi ko‘rib chiqildi

LYUBLYANA, 25-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Sloveniya poytaxti meri Zoran Yankovich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida ishtirokchilar O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi shaharlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish, xususan, Toshkent va Lyublyana shaharlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi.

Shu bilan birga, madaniy-gumanitar va iqtisodiy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ham fikr-mulohaza almashildi. Ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yana-da mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Tomonlar bunday hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish