Qoraqalpog‘iston delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi Afg‘on OAVda keng yoritildi

May 12, 2026. 18:29 • 2 daq

116
Qoraqalpog‘iston delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi Afg‘on OAVda keng yoritildi
Qoraqalpog‘iston delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi Afg‘on OAVda keng yoritildi
Qoraqalpog‘iston delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi Afg‘on OAVda keng yoritildi

QOBUL, 14-may. /“Dunyo” AA/. Afg‘onistonning yetakchi “Tolo News” va “Ariana News” telekanallarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiyaning Kobul va Mazori-Sharif shaharlariga amalga oshirgan tashrifi keng yoritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Efirga uzatilgan dasturlarda taʼkidlanishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonda turli uchrashuv va muloqotlarda ishtirok etgan. Xususan, xususiy sektor vakillari bilan o‘tkazilgan B2B formatdagi uchrashuvlarda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirish bo‘yicha fikr almashilgan.

Videolavhalarda qayd etilishicha, Amanbay Orinbayev O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik faoliyati uchun joriy etilgan imtiyozlar haqida alohida to‘xtalib o‘tgan.

Jumladan, Jo‘qorg‘i Kenges raisi asosiy soliq turlari 50 foizgacha kamaytirilgani, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilangani, sanoat isteʼmolchilari uchun elektr energiyasi tariflari 15 foizga pasaytirilgani haqida so‘z yuritgan. U shuningdek, yer ajratishning soddalashtirilgan mexanizmi joriy etilgani, erkin iqtisodiy zonalarda 3 yildan 10 yilgacha soliq imtiyozlari mavjudligi haqida maʼlumot bergan.

Amanbay Orinbayev O‘zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ushbu siyosat O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar rivojiga muhim turtki berishini taʼkidladi.

Afg‘on telekanallarida shuningdek, Mazori-Sharif shahrida Qoraqalpog‘iston savdo uyi ochilishi bilan bog‘liq maʼlumotlar hamda ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli tijorat shartnomalari imzolangani keng yoritilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish