O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi kelishuvlar bilan mustahkamlanmoqda

Iyul 09, 2026. 12:30 • 2 daq

113
O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi kelishuvlar bilan mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi kelishuvlar bilan mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi kelishuvlar bilan mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi kelishuvlar bilan mustahkamlanmoqda

GUANCHJOU, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Xitoyning Guandun provinsiyasi Chjunshan shahri meri o‘rinbosari Ouyan Szinsyuan boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va “O‘zeltexsanoat” uyushmasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tashrifning muhim tadbirlaridan biri “Buxoro – Chjunshan: savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik” mavzusidagi biznes-forum bo‘ldi. Unda xitoylik hamkorlarga Buxoro viloyatining sarmoyaviy va eksport salohiyati, shuningdek, hududdagi erkin iqtisodiy zonalarning imkoniyatlari taqdim etildi.

Buxoro viloyati hokimi bilan o‘tkazilgan muzokaralarda o‘zaro manfaatli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, ishbilarmon doiralar ishtirokida biznes-missiyalarni tashkil etish hamda xalqaro forum va ko‘rgazmalarda o‘zaro ishtirokni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya uchun Kogon shahriga tanishuv safari tashkil qilinib, shaharning sanoat va sarmoyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Biznes-forum yakunida Buxoro viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda Chjunshan munitsipalitetining Investitsiyalarga ko‘maklashish byurosi o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasida bo‘lgan uchrashuvda Bioorganik kimyo instituti hamda Chjunshan shahridagi Dori vositalarini ishlab chiqish instituti o‘rtasida tabiiy birikmalar va dori vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etishni nazarda tutuvchi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat qabul qilindi.

Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston-Xitoy hududlararo hamkorligini yana-da mustahkamlash, sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish