Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Shvetsiya tajribasi o‘rganildi

Iyun 06, 2026. 14:00 • 2 daq

105
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Shvetsiya tajribasi o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Shvetsiya tajribasi o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Shvetsiya tajribasi o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Shvetsiya tajribasi o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Shvetsiya tajribasi o‘rganildi

STOKGOLM, 6-iyun. /“Dunyo” AA/. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Shvetsiyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Lund va Stokgolm shaharlariga tashrif davomida Shvetsiyaning korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashgan yetakchi tuzilmalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xususan, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi vakili Mariya Xose Veramendi va Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro resurs markazi (U4) eksperti Daniela Sepeda bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda korrupsiyaning oldini olish, mutaxassislar malakasini oshirish va tajriba almashish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar qo‘shma o‘quv tadbirlari va ekspert maslahatlarini o‘tkazishga kelishib oldilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish instituti bosh kotibi Viktoriya fon Uekskyul bilan suhbat chog‘ida ishbilarmonlik muhitida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq va xizmat intizomi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha Shvetsiya tajribasi o‘rganildi.

Bundan tashqari, Shvetsiya politsiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy bo‘linmasi rahbari Yeva Xallstryom bilan davlat xaridlari sohasidagi korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, xabar beruvchilarni himoya qilish mexanizmlarining ishlashi hamda raqamli platformalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shvetsiya prokuraturasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ixtisoslashtirilgan bo‘linmasi rahbari Mats Yansson bilan uchrashuvda esa korrupsiyaga oid jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishning samarali mexanizmlari hamda ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvlar yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma tadbirlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish