O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari YUNЕP va Global ekologik jamg‘armasi rahbarlari bilan uchrashdi
Iyun 05, 2026. 17:25 • 2 daq
• 108TOSHKЕNT, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Global ekologik jamg‘armaning VIII Assambleyasi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari – BMTning Atrof-muhit dasturi (YUNЕP) ijrochi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik jamg‘arma bosh ijrochi direktori Klod Gaskon bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Assambleya doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari – YUNЕP ijrochi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik jamg‘arma bosh ijrochi direktori Klod Gaskon bilan uchrashuvlar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot chog‘ida mintaqamiz uchun g‘oyat muhim bo‘lgan masalalar: cho‘llanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, havo sifati monitoringi, biologik xilma-xillikni asrash hamda resurslardan oqilona foydalanish mavzularini muhokama qildik.
UNЕP va GЕF rahbariyatiga mamlakatimizdagi “yashil” islohotlarni qo‘llab-quvvatlayotgani hamda amaliy ekologik yechimlarni ilgari surishga qo‘shayotgan hissalari uchun chuqur minnatdorlik bildirib, jamg‘armaning Samarqanddagi tarixiy Assambleyasi muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan tabriklayman”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi






