O‘zbekiston delegatsiyasi MDH mamlakatlari Oliy sud raislari kengashining birinchi majlisida ishtirok etdi
Oktabr 13, 2026. 17:30 • 2 daq
• 148
MINSK, 13-oktabr. /“Dunyo” AA/. Belarus poytaxtida MDHga a’zo davlatlar Oliy va oliy iqtisodiy sudlari raislari kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston Oliy sudi raisi Robaxon Mahmudova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Shuningdek, kengash yig‘ilishida Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikiston oliy sudlari rahbarlari ham qatnashdilar.
Anjumanning asosiy mavzusi MDH hududida milliy sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar ijrosini ta’minlashdagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish imkoniyatlarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Oliy sudi raisi Robaxon Mahmudovaning Belarus Oliy sudi raisi Andrey Shved hamda MDH Iqtisodiy sudi raisi German Nurbayev bilan ikki tomonlama muzokaralari ham bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlar chog‘ida sud jarayonlariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, o‘zaro tajriba almashish hamda soha mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi hamkorlik istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi