O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida nemis texnologiyalarini joriy etishni rejalashtirmoqda
Oktabr 11, 2026. 17:00 • 59 soniya
• 105
BERLIN, 11-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi Dilshod Ahatov Germaniya Federal qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi parlament stats-kotibi Martina Englxardt-Kopf bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, nemis uskunalari va ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, chorvachilik sohasidagi innovatsion yechimlar hamda chorva mollarini raqamli identifikatsiya qilish tizimlarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda agrosanoat korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, nemis delegatsiyasining O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifi doirasida Germaniyaning yetakchi agrosanoat kompaniyalari va sohaviy birlashmalari bilan hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mazkur muloqot O‘zbekiston agrar sektoriga ilg‘or nemis texnologiyalarini olib kirish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi