O‘zbekiston va Latviya farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Sentabr 07, 2026. 18:30 • 2 daq

179
O‘zbekiston va Latviya farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytiradi

RIGA, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi mutaxassislari hamda Latviyaning “Olpha” kompaniyasi boshqaruv masalalari bo‘yicha direktori Yelena Volperte ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda klinik tadqiqotlarni tartibga solish, sohasidagi xalqaro yondashuv va standartlarni o‘rganish, ICH CTD Module 3 talablari asosida dori vositalari yig‘ma jildlarining sifat bo‘yicha ekspertizasini takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

E. Volperte mazkur yo‘nalishlarda O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirib, markaz mutaxassislari uchun seminar va amaliy treninglar o‘tkazishga tayyorligini maʼlum qildi.

Tomonlar seminar o‘tkazish, tadbirlar dasturi, formati, davomiyligi va boshqa tashkiliy masalalarni muhokama qilib, treninglarni tashkil etishga kelishib oldi.

1972-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Olpha” AJda bugungi kunda 850 nafardan ziyod mutaxassis mehnat qiladi. Kompaniya 60 dan ortiq dori shakllari, 25 ta farmatsevtik faol modda va 20 dan ortiq oraliq mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish