Logo

O‘zbekiston – Buyuk Britaniya onlayn taʼlim forumi o‘tkazildi

Fevral 26, 2026. 11:47 • 2 daq

119
O‘zbekiston – Buyuk Britaniya onlayn taʼlim forumi o‘tkazildi

LONDON, 26-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼullari, mahalliy OTMlar, Londondagi elchixona hamda Britaniyaning Southern Universities Management Services (SUMS) kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn taʼlim forumi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

SUMS Buyuk Britaniyada joylashgan, oliy taʼlim muassasalariga boshqaruv va strategiya bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkiloti hisoblanadi. Oliy taʼlim sohasida katta tajribaga ega professional konsultantlar jamoasi bo‘lib, universitetlarga zamonaviy va samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda yordam beradi. Muassasa Buyuk Britaniyadagi eng nufuzli OTMlar bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.

Forumda vazirlik masʼullari tomonidan hozirda O‘zbekistonda oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va hozirgi kundagi nufuzli va istiqbolli yo‘nalishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Onlayn tadbir davomida SUMS rahbari Joel Arber va boshqa mutaxassislar tomonidan uning faoliyati to‘g‘risida maʼlumot berildi. Xususan, tashkilot quyidagi asosiy vazifalarda

O‘zbekiston OTMlariga ko‘maklashishga tayyor ekani bildirildi.

Muloqot davomida universitetlar uchun strategik rejalar ishlab chiqish, boshqaruv va rahbarlik tizimlarini tahlil qilish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, taʼlim sifatini yaxshilash, moliyaviy barqarorlikni oshirish, raqamli va institutsional transformatsiyani amalga oshirish, taʼlim va boshqaruvda innovatsiyalarni joriy etish masalalarida fikr almashildi.

Bundan tashqari, SUMS Britaniya universitetlarining xorijiy mamlakatlarda o‘z kampuslarini tashkil etish va OTMlar o‘rtasida “dual diploma” va boshqa turdagi ilmiy hamda akademik hamkorliklarga ko‘maklashish yo‘nalishlarida yuqori tajribaga ega ekani taʼkidlandi.

Forum davomida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma taʼlim va ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, universitetlar faoliyatini xalqaro reyting ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish