Logo

Namangan delegatsiyasi Yaponiyaga tashrifi doirasida 50 million dollarlik shartnomalar imzoladi

Dekabr 01, 2025. 20:02 • 56 soniya

87

Xirosima, 1 dekabr. / “Dunyo” AA/. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya yaponiyalik hamkorlar bilan qator amaliy uchrashuvlar o‘tkazib, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, viloyatdagi “Ideal”, “Fazman”, “D.Maretti”, “Vizzano”, “Saodat Sanoat Servis” kabi yetakchi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar Yaponiyaning “Konaka Co. Ltd” yirik kompaniyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida yapon bozori uchun mo‘ljallangan tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish, sifatni oshirish bo‘yicha yapon standartlarini joriy etish, logistika va marketingda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish hamda qo‘shma qiymat zanjirini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

“Nammotors” va “Eco Basalt” korxonalari vakillari ham energiya tejamkor uskunalar, zamonaviy qurilish materiallari va bazalt texnologiyalari bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Natijada, Hozirga qadar umumiy qiymati 50 million dollarlik uzoq muddatli eksport va hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Delegatsiya “Tokushukai Medical Group” prezidenti Xigashi Chinichi bilan uchrashib, onkologiya, kardioxirurgiya va yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.

Shuningdek, “Riverfield Inc.” kompaniyasi prezidenti Kotaro Tadano bilan muzokaralar o‘tkazilib, robot-assistent xirurgiyasi va innovatsion tibbiy uskunalarni Namangan viloyatiga joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish