O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda o‘tkazilgan B20 sammitida ishtirok etdi
Noyabr 12, 2026. 16:00 • 2 daq
• 36TOSHKЕNT, 12-noyabr. /“Dunyo” AA/. 10–11-noyabr kunlari O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Vashingtonga amaliy tashrifi doirasida “Ishbilarmonlar yigirmaligi” (B20) sammitida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotiga ko‘ra, mazkur muhim tadbirlar doirasida AQSh savdo vaziri Hovard Latnik, AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi Maykl Jerimayya hamda Pentagonning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha mudofaa siyosatiga mas’ul vakili Maykl DiMino bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati hamda uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zaro savdoning ijobiy dinamikasi qayd etildi. 2025-yilda tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollaridan oshdi. 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 905 million dollariga yetdi va 20 foizga o‘sdi.
Hamkorlik dasturi doirasida tomonlar umumiy qiymati 35 mlrd AQSh dollari bo‘lgan 78 ta qo‘shma loyihani amalga oshirmoqda.
Vashingtonda KBR, Plug Power, DFC rahbariyati hamda AQShning boshqa yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, amaldagi loyihalarni amalga oshirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi








