Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston yo‘nalishida yangi temir yo‘l loyihasi ishlab chiqiladi

Oktabr 05, 2026. 09:30 • 2 daq

• 131
Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston yo‘nalishida yangi temir yo‘l loyihasi ishlab chiqiladi

OSTONA, 5-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Qozog‘istonning «Kazinform» xalqaro axborot agentligi Markaziy Osiyo temir yo‘l tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, Qozog‘iston, O‘zbekiston va BAA Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston (CASA) yo‘nalishi bo‘yicha yangi temir yo‘l loyihasini birgalikda ishlab chiqishga kelishgan. Yangi yo‘nalish orqali Pokistonning dengiz portlariga chiqish imkoniyati yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Bu borada uch davlatning transport sohasiga mas’ul vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

CASA loyihasining asosiy maqsadi Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi temir yo‘l aloqalarini kuchaytirish, xalqaro yuk tashish hajmini oshirish hamda savdo va logistika imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Memorandum doirasida loyihaning texnik va iqtisodiy jihatlari o‘rganiladi, zarur infratuzilmani rivojlantirish imkoniyatlari baholanadi. Shuningdek, loyihaning moliyaviy mexanizmlari va amalga oshirish shartlari ham ko‘rib chiqiladi.

Tomonlar CASA loyihasini batafsil ishlab chiqish uchun maxsus ishchi guruh tuzish imkoniyatini ham muhokama qilgan.

Qozog‘iston va O‘zbekistonning mavjud temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati, BAAning esa transport, logistika va yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi tajribasi ushbu tashabbus doirasida birlashtirilishi kutilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish