O‘zbekiston va Turkmaniston elektron hukumat bo‘yicha qo‘shma dasturlar tayyorlamoqda

Oktabr 25, 2026. 17:00 • 2 daq

• 98
O‘zbekiston va Turkmaniston elektron hukumat bo‘yicha qo‘shma dasturlar tayyorlamoqda

ASHXOBOD, 25-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati akademiyasi rektori Alim Annamurodov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida munitsipal boshqaruv va elektron hukumat bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar ixtisoslashtirilgan kurslar va ma’ruzalar o‘tkazish uchun muntazam ravishda o‘qituvchilar almashish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston tomoni davlat xizmatini modernizatsiya qilish, hokimiyat organlari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda zamonaviy boshqaruv kadrlarini tayyorlash borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini bildirdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Turkmaniston Davlat xizmati akademiyasi o‘rtasida uzoq muddatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Ishtirokchilar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ekspertlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashishni kengaytirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish