O‘zbekiston va Londondagi ekspertlar xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

Oktabr 25, 2026. 15:30 • 2 daq

• 270
O‘zbekiston va Londondagi ekspertlar xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

LONDON, 25-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz diplomatlari “Hamroh” o‘zbek kompaniyasi va “SteelRose Legal” xalqaro yuridik firmasi asoschisi Zulayho To‘xtayeva o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda “Hamroh” kompaniyasining xalqaro investitsiyalar va strategik sheriklik bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Sardor Yusupov hamda Londonda faoliyat yurituvchi yurist, tadbirkor va investor Zulayho To‘xtayeva ishtirok etdi.

Qatnashchilarga “Hamroh” kompaniyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsadlari va O‘zbekistonda xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tanishtirildi.

O‘z navbatida, korporativ, tijorat va moliyaviy huquq, soliq masalalari hamda xalqaro savdo munosabatlariga ixtisoslashgan “SteelRose Legal” kompaniyasi rahbari Zulayho To‘xtayeva o‘z faoliyati haqida so‘zlab berdi. U, shuningdek, yosh ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ustozlik qilish va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini taqdim etdi.

Tomonlar ikki tashkilotning maqsadlari yaqinligini hamda ayollarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish va korxonalarining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish borasida tajriba almashish imkoniyatlari mavjudligini qayd etdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish