O‘zbekiston va Ozarbayjon Toshkentdagi biznes-forum doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Iyun 25, 2026. 11:30 • 2 daq

120

TOSHKЕNT, 25-iyun. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda V Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat idoralari, iqtisodiy zonalari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida O‘zbekiston–Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvning asosiy mavzulari sanoat kooperatsiyasi, maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi transport-logistika va infratuzilmaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Muhokamalar davomida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikning amaliy mexanizmlari muhimligi qayd etildi. Ozarbayjon–O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi (OO‘IK) bosh direktori Nozim Hojiyevning ta’kidlashicha, forum doirasidagi alohida O‘zbekiston–Ozarbayjon sessiyasi erkin iqtisodiy zonalar, logistika va sanoat kooperatsiyasini qamrab olgan ikki tomonlama kun tartibi kengayib borayotganining muhim ko‘rsatkichidir.

Qayd etilishicha, 2023-yilda ikki mamlakat hukumatlari tomonidan 500 million dollarlik ustav kapitali bilan tashkil etilgan OO‘IK ishlab chiqarish, texnologiyalar va infratuzilma sohalaridagi qo‘shma loyihalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Forum yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi kengayib borayotgan iqtisodiy hamkorlik doirasida tuzilma faoliyatining asosini tashkil etuvchi yo‘nalishlarga qiziqish ortgani ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish