O‘zbekistonlik mutaxassislar sug‘urta sohasi bo‘yicha Britaniyada malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tamomladilar
Sentabr 06, 2026. 17:30 • 2 daq
• 106
LONDON, 6-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning “MBF Academy” muassasasi tomonidan O‘zbekistonning sug‘urta tashkiloti rahbar xodimlari uchun joriy yilning “Sug‘urta boshqaruvida xalqaro ilg‘or amaliyot: Lloyd’s of London va Buyuk Britaniya sug‘urta bozoridan saboqlar” mavzusida trening va seminarlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘quv mashg‘ulotlarining o‘ziga xos jihati shundaki, nazariy va amaliy saboqlar bevosita Londondagi dunyoning eng nufuzli sug‘urta markazlaridan biri bo‘lgan “Lloyd’s of London” maydonida o‘tkazildi. Bu ishtirokchilarga sohada risklarni baholash va boshqarish mexanizmlari, qayta sug‘urtalash amaliyoti, anderrayting jarayonlari hamda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini bevosita o‘rganish imkonini berdi.
Dastur doirasida “Lloyd’s” bozorining shakllanish tarixi, uning institutsional tuzilishi, katastrofik va yirik risklarni boshqarish, sug‘urta portfelini samarali yuritish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar va amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislar Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida qo‘llaniladigan korporativ boshqaruv, risk-menejment hamda sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilg‘or yondashuvlarni atroflicha o‘zlashtirdilar.
Лид (Краткое описание)r.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi