Logo

Zagrebdagi muzokaralarda madaniyat sohasida O‘zbekiston-Xorvatiya yangi loyihalar muhokama qilindi

134
Zagrebdagi muzokaralarda madaniyat sohasida O‘zbekiston-Xorvatiya yangi loyihalar muhokama qilindi

ZAGREB, 4-aprel. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Xorvatiyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonovning Xorvatiyaga rasmiy tashrifi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Xorvatiya Madaniyat va ommaviy axborot vositalari vazirligi davlat kotibi Kreщimir Partl, Milliy teatr bosh direktori va badiiy rahbari Iva Xraste-Socho, “Matica hrvatska” tashkiloti prezidenti Damir Zorich hamda Audiovizual markazi direktor o‘rinbosari Mayya Vukich bilan qator muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida madaniyat sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, teatr va kino sanʼati, adabiy almashinuv, shuningdek, qo‘shma madaniy tadbirlarni tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, qo‘shma teatr va kino loyihalarini amalga oshirish, o‘zbek ijodiy jamoalarining Xorvatiyada o‘tkaziladigan xalqaro festivallarda ishtirokini taʼminlash, ikki mamlakat milliy adabiyotini targ‘ib qilishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish hamda madaniyat va sanʼat sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yana-da faollashtirish va barqaror madaniy aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi. Bu teatr, kino, adabiyot va sanʼatning boshqa yo‘nalishlarida tajriba almashish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish