O‘zbekiston va Omsk agrar universiteti qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalarni belgilab oldi

Oktabr 05, 2026. 12:00 • 2 daq

• 155
O‘zbekiston va Omsk agrar universiteti qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalarni belgilab oldi

OMSK, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning Omsk davlat agrar universitetida mamlakatimizning ushbu mamlakatdagi elchisi Botirjon Asadov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar ta’lim va qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Universitetning ta’lim faoliyati bo‘yicha prorektori Svetlana Komarova kadrlar tayyorlash borasidagi tashabbuslarni taqdim etgan bo‘lsa, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Natalya Goman oliy o‘g‘izning ilmiy salohiyati haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini birgalikda seleksiya qilish, xususan, murakkab tabiiy-iqlim sharoitida yuqori hosil beradigan noyob don va dukkakli ekinlar navlarini yetishtirish yo‘nalishida ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi. Shu bilan birga, Omsk agrar universiteti va O‘zbekiston O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasidagi samarali hamkorlik yuqori baholandi.

Muhokamalarning asosiy mavzularidan biri “ASU-AGRO” intellektual tizimini joriy etish masalasi bo‘ldi. Ushbu ishlanma chorvachilik majmualari ishini avtomatlashtirib, hayvonlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish, sut sifatini baholash va sog‘in jarayonini boshqarish imkonini beradi.

Tadbir yakunida aniq qo‘shma loyihalar belgilab olindi. Tomonlar ozuqa bazasini rivojlantirish, urug‘chilik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda qurg‘oqchilikka chidamli navlarni yaratishga e’tibor qaratishga kelishib oldilar. Shuningdek, Omsk agrar universiteti O‘zbekistondan keladigan yoshlar uchun ta’lim dasturlarini, jumladan, magistratura bosqichida o‘qishni kengaytirishni va yaqin vaqt ichida respublikamizning profilli oliygohlari bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolashni rejalashtirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish